Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Bizning elektron pochtamiz
mirzacholtexnikum@gmail.com10.11.2025 03:00
Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida o‘quvchilar o‘rtasida “Mening bog‘im” loyihasi amaliy tarzda tashkil etildi.
Mazkur tashabbus orqali texnikum hududida yangi ko‘chatlar ekilib, o‘quvchilarga tabiatga mehr, ekologik madaniyat va atrof-muhitga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmalari berib borilmoqda.
Har bir guruhga alohida yer maydonlari biriktirilib, ular tomonidan ekilgan daraxt va manzarali ko‘chatlarga doimiy parvarish ishlari olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu loyiha nafaqat hududimizning yanada ko‘rkam va yashil bo‘lishiga, balki yoshlarning mehnatsevarlik, vatanparvarlik va jamoa bo‘lib ishlash fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Yashil va sog‘lom kelajak o‘z qo‘limizda!
So’ngi yangiliklar
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Dushanba - Juma: 9:00 - 18:00 Shanba - Yakshanba: Dam olish kunlari
+998-72-312-26-01
+998 72-312-26-02