30.10.2025 10:00

Kitob – ma’naviyat chirog‘i!


Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida Kitobxonlik haftaligi doirasida mazmunli tadbir o‘tkazildi. 

O‘quvchilar mashhur yozuvchilar:

Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha”

Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim”

asarlarini o‘qib, ular bo‘yicha savol-javob bellashuvlarida ishtirok etdilar. Shuningdek, asarlardagi asosiy g‘oyalar va obrazlar talqini asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, o‘quvchilar ijodiy mahoratini namoyon qildilar. 

Tadbirning maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, adabiyotga qiziqishni oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat.

Kitob o‘qigan yosh – kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yadi!

So’ngi yangiliklar