30.10.2025 11:00

Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida tashrif!


Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Savurbaev Akmal Abdumuminovich hamda Mirzacho‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Rustamov Ulug‘bek Rustamovich texnikumimizga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ta’lim muassasamizda yaratilgan zamonaviy o‘quv-amaliy sharoitlar, yangi loyihalar, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar hamda o‘quvchilarning kasbiy rivojlanishi borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mehmonlar o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladilar. Yoshlar bilan ishlashda tizimli yondashuvni yanada kuchaytirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid muhim vazifalar belgilab olindi.

 

Mazkur uchrashuv yoshlarimizning yanada faol, tashabbuskor bo‘lishiga, ularning kelajak maqsadlari yo‘lida qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

So’ngi yangiliklar