05.04.2026 11:00

“Bir kasb – bir yaxshilik” loyihasi doirasida ezgu ishlar davom etmoqda!

“Bir kasb – bir yaxshilik” loyihasi doirasida ezgu ishlar davom etmoqda! Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurildi. Talabalar o‘z kasbiy ko‘nikmalarini amalda qo‘llagan holda, bolajonlar bilan turli qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazdi, ularga mehr va e’tibor ulashdi. Shuningdek, bolalarga kichik sovg‘alar berilib, ularning kayfiyati ko‘tarildi. Bu kabi tashabbuslar orqali yoshlarda mehr-oqibat, insonparvarlik va kasbga sadoqat tuyg‘ulari yanada mustahkamlanmoqda.

So’ngi yangiliklar