Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Ishonch raqami
+998 97 628 28 82
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Bizning elektron pochtamiz
mirzacholtexnikum@gmail.com10.11.2025 03:35
Mirzacho‘l agrosanoat texnikumida o‘quv yilining boshidan buyon dars jarayonlarida muntazam qatnashib, texnikum tadbirlarida faol ishtirok etgan, tartib-intizomi namunali bo‘lgan guruh o‘quvchilari hamda “Zakovat” intellektual o‘yinining g‘olib jamoalari uchun Toshkent shahriga qiziqarli va mazmunli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar: “G‘alaba bog‘i” va “Shon-sharaf” muzeyi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Muz saroyi (Ice City) Toshkent hayvonot bog‘i kabi qator ma’rifiy va dam olish maskanlariga tashrif buyurishdi. Shuningdek, o‘quvchilar Toshkentning mashhur “Besh Qozon” restoranida uch mahal sifatli ovqat bilan ta’minlandi. Mazkur sayohatning barcha xarajatlari texnikumning bundjetdan tashqari mablag’lari hisobidan qoplandi. Bu kabi tashabbuslar yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda ularda yurtimizga bo‘lgan faxr va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
So’ngi yangiliklar
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Mirzachoʻl agrosanoat texnikumi
Dushanba - Juma: 9:00 - 18:00 Shanba - Yakshanba: Dam olish kunlari
+998-72-312-26-01
+998 72-312-26-02